school 29 school 29
🌍 Buxoro shahridagi 29-maktabda “Young Climate Champions” loyihasi doirasida ikkinchi ekologik festival bo‘lib o‘tdi
🌍 Buxoro shahridagi 29-maktabda “Young Climate Champions” loyihasi doirasida ikkinchi ekologik festival bo‘lib o‘tdi
May 18, 2026

🔺Mazkur loyiha UNICEF, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Zamin” fondi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish va iqlim o‘zgarishi haqida xabardorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

✅Festival davomida ishtirokchilar iqlim o’zgarishi, ekologiya, chiqindilarni saralash, qayta ishlash, suv va energiyani tejash kabi mavzularda foydali bilimlarga ega bo‘lishdi. Turli interaktiv faoliyatlar, taqdimotlar va qiziqarli chiqishlar orqali tabiatni asrashning naqadar muhimligi yana bir bor eslatib o‘tildi . Bundan tashqari tadbirda “Eco fashion show” ham o'tkazildi. Bunda o'quvchilar o’z qo'llari bilan chiqindilardan har xil kiyimlar tayyorlashdi.

🖼️Har bir kichik qadam katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Kelajakni asrash bugundan boshlanadi!

TalTes