OLAM NURGA TO‘LSIN, SEN BILAN NAVRO‘Z!
Mart 18, 2025
Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi.
Xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ ayyom “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabida munosib nishonlandi
Joriy yilning 18-mart kuni maktabning 5-"B"sinf oʻquvchilari ishtirokida tadbir oʻtkazildi va tadbirda oʻquvchilar tomonidan milliy o'yinlar, kuy qo'shiqlar, ko'ngilochar tomoshalar taqdim etildi.